HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN FUQAROLARNING IMTIYOZLARI

Home / HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN FUQAROLARNING IMTIYOZLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori to‘g‘risida

Ma’lumki, “fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o‘tashi samaradorligini oshirishning moddiy, axloqiy va ma’naviy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish zarurligini hisobga olib; harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‘batlantirishning ahamiyatini, ularning o‘qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e’tiborga olib”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qarorlari qabul qilingan.

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chor-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 31 maydagi PQ–1765-son qarori shular jumlasidandir.27eb4a3d-e437-cfad-e34e-124248a8e791O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarorida 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda, test sinovlari yakunlariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarga 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘lishi belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori ijrosi to‘g‘risida» 2017 yil 7 apreldagi 194-son buyrug‘i qabul qilingan. Buyruqda oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga mazkur qarorni ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va yoritish, qabul komissiyasiga hujjat topshiruvchi abituriyentlarni mazkur qaror bilan tanishtirish vazifalari yuklatilgan.b61c84e2-cfc1-e17c-c159-48881fe44b86

Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida
ishga qabul qilish tartibi to’g’risida
N I Z O M

I. Umumiy qoidalar

1.    Mazkur Nizom, “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni (professor-o’qituvchilar tarkibini) tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak, intellektual qobiliyatlar va ahloqiy fazilatlarga ega bo’lgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug’ullanishga munosib bo’lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muxitini yaratish va ta’minlash tanlovining maqsadi hisoblanadi.

II. Lavozimlari tanlov bo’yicha egallanadigan pedagog xodimlar va tanlov qatnashchilariga qo’yiladigan malaka talablari

2. Pedagog xodimlar (professor-pedagoglar tarkibi) toifasiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o’qituvchi, o’qituvchi (assistent) lavozimini egallab turgan shaxslar kiradi.

3. Oliy ta’lim muassasasining kafedra mudiri, professori, dotsent, katta o’qituvchi, o’qituvchi (assistenti) lavozimi besh yil muddatga tanlov bo’yicha egallanadi.

Besh yillik muddat tamom bo’lgandan keyin ko’rsatib o’tilgan lavozimlar mazkur Nizomga muvofiq tanlov asosida egallanadi.

Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga bir vaqtda tanlov o’tkazilmaydi.

4. Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo’lgan shaxslar qatnashishi mumkin.

Dotsent (fan nomzodi) kafedra mudiri lavozimining egallashga bir besh yillik muddatga qo’yiladi.

Bir yillik muddat tamom bo’lgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi) oliy ta’lim muassasasi rektorining taqdimnomasiga ko’ra va bo’ysunishiga ko’ra tegishli vazirlik yoki idoraning ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallashga faqat favqulodda hollarda tanlovda yana qatnashishi mumkin.

Fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo’lgan aynan bir shaxsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda ketma-ket uchinchi muddatga qatnashishga yo’l  qo’yilmaydi.

Tillar, jismoniy tarbiya va sport, grafika va chizmachilik, madaniyat va san’at yo’nalishlari kafedra mudirlari lavozimini egallash uchun tanlovda dotsent ilmiy unvoniga (fan nomzodi ilmiy darajasiga) ega bo’lamagan biroq  kamida 5 yillik metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega bo’lgan shaxs qatnashishi mumkin.

5. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko’ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo’lgan shaxs qatnashishi mumkin.

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda shuningdek kamida 5 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo’lgan, mazkur kafedraning ta’lim yo’nalishlari bo’yicha darsliklar va o’quv qo’llanmalari muallifi bo’lgan fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo’lgan shaxs bir muddatga qatnashishi mumkin.

6. Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko’ra, tegishli mutaxassislik bo’yicha dotsent, katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga yoki fan  doktori (nomzodi) ilmiy darajasiga ega bo’lgan shaxs qatnashishi mumkin.

Bir muddatga dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda shuningdek, tegshili ilmiy unvonga va ilmiy darajaga ega bo’lmagan, biroq ushbu mutaxassislik bo’yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lgan mazkur kafedraning ta’lim yo’nalishlari bo’yicha darsliklar va o’quv qo’llanmalari muallifi bo’lgan yuqori malakali mutaxassis ham qatnashishi mumkin.

7. Katta o’qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo’lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo’lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo’lmagan, biroq o’qituvchilik, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo’lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.

8. O’qituvchi (assistent) lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis)  qatnashishi mumkin.

9. Homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bo’lgan ayollar egallab turgan lavozimlarga tanlov e’lon qilinmaydi.

10. Oliy ta’lim muassasalariga o’qituvchi lavozimiga soatbay haq to’lash shartlarida ishga kirayotgan shaxslar tanlovsiz, rektor buyrug’i bilan, belgilangan tartibda qabul qilinadi.

11. Aspiranturani bitiruvchi tugatish yilida, shuningdek oliy ta’lim muassasasini bitirgan mutaxassis taqsimot bo’yicha o’qituvchi lavozmiga tanlovdan tashqari, 3 yil muddatga tayinlanadi.

III. Tanlovlarni o’tkazish tartibi

12. Oliy ta’lim muassasasi saylanish muddati mazkur o’quv yilida tugaydigan kafedra mudirlari, professorlar, dotsentlar, katta o’qituvchilar va assistentlar lavozimlarini egallash uchun, shuningdek bo’sh lavozimlarga tanlov e’lon qiladi.

13. Tanlov bo’yicha saylov oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlarida yoki fakultetlarning ilmiy kengashlarida o’tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashida yoki fakultetning ilmiy kengashda saylanadagan lavozimlarni belgilash huquqi oliy ta’lim muassasasining rektori tegishli bo’ladi.

Kafedra mudirlariga va prfessorlar oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlarida tanlov bo’yicha o’tadilar.

14. Tanlovlar vaqtli matbuotda yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan oliy ta’lim muassasasining ko’p nusxali gazetasida e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oydan kechikmay berilishi kerak.

15. Tanlovda qatnashishni hohlovchilar oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza beradilar, arizaga kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqa va oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomlar nusxasi ilova qilinadi.

Qatnashuvchilarda ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo’lgan taqdirda ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalarini va ilmiy ishlar ro’yxatini, malaka oshirish to’g’risidagi guvohnomalarni taqdim etishlari kerak.

16. Tanlovga tushgan barcha xujjatlar oldindan kafedra majlisida ko’rib chiqiladi. Ilgari kafedrada ishlamagan shaxslarning xujjatlarini ko’rib chiqishdan oldin ular tomonidan sinov leksiyalari (mazkur oliy ta’lim muassasasi o’qituvchilari uchun ochiq mashg’ulotlar) o’tkaziladi. Sinov leksiyalari va ochiq mashg’ulotlar mavzulari kafedra predmetlari bo’yicha o’quv dasturi talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Tanlov qatnashchilarini test sinovidan o’tkazishga yo’l qo’yiladi. Kafedra mudiri lavozimiga nomzodlarni muhokama qilish bo’yicha majlisni fakultet dekani (oliy ta’lim muassasalari umumiy kafedralarida prorektor o’tkazadi).

Ilgari o’zi egallab kelgan lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi shaxslar kafedra majlisida tanlovdan oldingi davrdagi ilmiy-pedagogik, metodik, tarbiyaviy va boshqa ishlari to’g’risida hisobot beradi.

Kafedra ilgari  egallab kelgan lavozimi uchun tanlovda qatnashuvchi har qaysi nomzod bo’yicha materiallarni ko’rib chiqish natijalariga ko’ra, ochiq yoki yashirin ovoz bergan holda, kefedraning shatatdagi o’qituvchilarining (shu jumladan o’rindoshlik tartibida ishlayotgan o’qituvchilarining) va ilmiy xodimlarining oddiy ko’pchilik ovozi biln tavsiyanoma qabul qiladi va uni o’qituvchining hisoboti ilan birga oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashiga jo’natadi.

Fakultetning kafedra a’zosi hisoblanmaydigan dekani (prorektor) kafedra mudiri lavozimiga nomzodlar bo’yicha tavsiyanomalar qabul qilishda ovoz berishda qatnashmaydi. Egallash uchun tanlov e’lon qilingan lavozimni egallab turgan shaxs materiallarni ko’rib chiqish  chog’ida  ovoz berishda qatnashmaydi.

17. Har qaysi nomzod bo’yicha ilmiy kengash majlisida yashirin ovoz berishni o’tkazishdan oldin kafedraning tavsiyanomasi o’qib eshittiriladi.

18. Mazkur lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi barcha shaxslarning familiyasi yashirish ovoz berish uchun bitta byulletenga kiritiladi.
Ovoz berish byulletenda ovoz berilayotgan nomzodning familiyasi ro’parasiga tegishli belgi qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi. Faqat bitta nomzod uchun ovoz berishga yo’l qo’yiladi.
Agar byulletenda ovoz berish uchun birorta ham belgi qo’yilmagan bo’lsa yoxud belgi ikki yoki undan ko’p familiyalar qo’yilgan bo’lsa, u holda bunday byulleten buzilgan hisoblanadi va ovozlarni hisoblashda hisobga olinmaydi.
19. Ovozlarni hisoblash uchun ilmiy kengash ovoz berish boshlanishidan oldin tarkibida ilmiy kengashning kamida uch nafar a’zosi bo’lgan sanoq komissiyasini saylaydi. Sanoq komissiyasi har qaysi nomzod bo’yicha ovoz berish natijalariin e’lon qiladi.

Sanoq komissiyasi protokoli ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadi va tanlov materiallariga qo’shib qo’yiladi.

20. Tanlovni o’tkazishda ilmiy kengash qarori agar ovoz berishda ilmiy kengashning tasdiqlangan (ro’yxatdagi) tarkibidagi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan bo’lsa vakolatli hisoblanadi. Ilmiy kengashning ovoz berishda qatnashgan a’zolarining ko’pchilik ovozini biroq kamida 50 foiz ovozini olgan nomzod tanlovdan o’tgan hisoblanadi.

Birortasi ham talab qilingan miqdorda ovoz ololmagan ikki nafardan ko’p nomzodlar qatnashgan taqdirda ilmiy kengashning aynan shu majlisida dastlabki ikki talabgor o’rtasida takroriy ovoz berish o’tkaziladi. Agar ikki nomzod qatnashgan tanlovni o’tkazishda ovozlar soni teng bo’lib qolsa raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Ilmiy kengash qarori oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan tsdiqlanadi.

Tanlovda qatnashishi uchun arizalar mavjud bo’lmagan taqdirda, shuningdek muayyan lavozim uchun faqat bitta nomzoddan ariza tushganda tanlov o’tkazilmagan hisoblanadi.

21. Lavozimlarni egallash uchun o’qituvchilarni tanlash bo’yicha kafedra va ilmiy kengash majlislari ochiq tartibda o’tadi. Tanlovda qatnashuvchilarga ularning nomzodlari muhokama qilinadigan kafedra va ilmiy kengash majlislarida qatnashish yoki ularning hohishiga ko’ra kafedra yoki ilmiy kengash qarori bilan tanishish huquqi beriladi.

22. Ilmiy kengash kotibi tanlov natijalari to’g’risida o’n kun muddatda unda qatnashgan shaxslarni yozma ravishda xabardor qiladi.

23. Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashining qarori, agar ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda qabul qilingan bo’lsa, uzil-kesil hisoblanadi.

IV. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, o’zgartirish va to’xtatish

24. Ushbu Oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan va professor-o’qituvchilar tarkibidagi lavozimga tanlovdan o’tgan shaxslar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuziladi, mehnat shartnomalari asosida ularni 5 yil muddatga ishga qabul qilish to’g’risida buyruq chiqariladi.

Mehnat shartnomalarida ish beruvchi tomonidan har 5 yilda xodim egallab kelgan lavozim uchun tanlov o’tkazilishi belgilab qo’yiladi, xodim esa tanlovda qatnashishga haqlidir.

Xodim mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin ishga kirishishi shart bo’lgan muddat tomonilarning kelishuviga ko’ra belgilanadi biroq ushbu muddat uch oydan oshishi mumkin emas.

25. Mazkur oliy ta’lim muassasasida ishlaydigan va tanlov bo’yicha saylangan shaxslarning mehnat shartnomalariga quyidagilar yozib qo’yiladi:

a) ular ilgari egallab kelgan lavozim uchun – mehnat munosabatlarini yangi muddatga uzaytirish to’g’risidagi ma’lumotlar yoziladi va tegishli buyruq chiqariladi;

b) boshqa lavozimlar uchun – tanlovdan o’tganlik to’g’risida ilmiy kengash protokoli qayd etilgan holda tegishli o’zgartirishlar yoziladi va boshqa lavozimga o’tkazish to’g’risida buyruq chiqariladi.

Davlat boshqaruvi organi qaroriga ko’ra professor-o’qituvchilar tarkibi attestatsiyadan o’tkazilgan taqdirda attestatsiya yakunlariga ko’ra ish beruvchi va xodimlar to’g’risidagi mehnat munosabatlari masalalari, shaxsning tanlov bo’yicha egallanadigan lavozimda bo’lish muddatidan qat’iy nazar, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.

26. Ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovdan o’tmagan, shuningdek, tanlovda qatnashish uchun ariza bermagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi yangi muddatga tanlovdan o’tmaganligi yoxud tanlovda qatnashishini rad etganligi sababli o’quv yili tugagandan keyin mehnat qonunchiligiga muvofiq to’xtatiladi.

27. Kafedralar birlashtirilganda yoki kafedra bo’linganda professor-o’qituvchilar tarkibi bo’yicha muddatdan oldin tanlovlar o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi.

Kafedralar birlashtirilgan taqdirda  yangidan tashkil etilgan kafedra mudiri lavozimini egallash to’g’risidagi masalaning oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashi oldindan tanlov e’lon qilmasdan, yashirin ovoz berish yo’li bilan hal qiladi.

Kafedra bo’lingan taqdirda uning mudiri saylangan muddati o’tgungacha, rektor buyrug’i bilan yangidan tashkil etilgan kafedralardan birining mudiri lavozimiga tayinlanadi. Boshqa kafedraning mudiri lavozimiga tanlov bo’yicha mudir tayinlanadi.

28. Oliy ta’lim muassasasi rektoriga tanlov o’tkazilgungacha kafedraning yetakchi o’qituvchilaridan bittasiga yoki dekanga bo’sh kafedra mudiri lavozimi bo’yicha vazifalarni bajarishni yuklashga ruxsat etiladi.

Vakillik organlarida saylab qo’yiladigan lavozimga saylanishi natijasida uning bilan mehnat shartnomasi to’xtatilgan o’qituvchi uning saylov bo’yicha vakolatlari tugagandan keyin tanlov natijalariga ko’ra saylangan muddati tugagungacha mazkur oliy ta’lim muassasasining ilgari egallab kelgan yoki unga teng bo’lgan professor-o’qituvchilar tarkibidagi lavozimga tayinlanadi.

29. Oliy ta’lim muassasasi  rektoriga  oliy ta’lim muassasasi  (fakultet) ilmiy kengashida  ko’rib chiqish uchun pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlariga muvofiqdigi to’g’risidagi masalani kiritish huquqi beriladi.

Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashida pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi to’g’risidagi masalani ko’rib chiqishdan oldin uning ishlari rektor tasdiqlaydigan komissiya tomonidan tekshirilishi kerak. Ilmiy kengash qarori asosida pedagog xodimni egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi bo’yicha vazifasidan ozod qilishga uning malakasi yetarli bo’lmaganligi sababli ilmiy-metodik va tarbiyaviy ishlar, shuningdek leksiyalar va seminar mashg’ulotlari o’tkazish darajasi past bo’lgan taqdirda qo’yiladi.

Agar ilmiy kengash qaroriga ko’ra kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o’qituvchi, o’qituvchi (assistent) egallab turgan lavozimiga nomuvofiq deb e’tirof etilsa, u holda uning bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda to’xtatiladi.

Kafedra mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shuningdek kafedraga rahbarlik qilish bo’yicha o’z funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi sababli ilmiy kengash qaroriga binoan to’xtatilishi mumkin.

30. Oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qtituvchilar tarkibidagi shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini to’xtatish masalalariga  doir mehnat nizolari qonun xujjatlarida  belgilangan tartibda hal etiladi.

Bakalavriat – oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradi, o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lib, oliy ma’lumot va tayanch mutaxassislik diplomini olish bilan tugaydi.

Magistratura – aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim bo’lib, undagi tahsil yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan nihoyasiga yetkaziladi.

Aspirantura – magistrlik negizida 3 yil davom etadi va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish hamda tanlangan mutaxassislik bo’yicha “fan nomzodi” ilmiy darajasini olish bilan yakunlanadi.

Doktorantura – fan nomzodi ilmiy darajasi negizida 3 yil davom etadi, “fan doktori” ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilish bilan nihoyasiga yetadi.

Oliy ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlikni uning rektori amalga oshiradi.

Rektor – lotincha “rektor” so’zidan olingan bo’lib, oliy ta’lim muassasasining rahbari degan ma’noni anglatadi. Rektor O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va u o’zi rahbarlik qilayotgan oliy ta’lim muassasasida “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” (dastur to’g’risida o’qish davomida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lasiz) asosida ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqarishga mas’ul. Shu bilan birga rektor oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga taalluqli kelajakka mo’ljallangan ishlarni rejalashtiradi va ularni amalga oshirishni ta’minlaydi, oliy ta’lim muassasasi vakolati doirasida xodimlar va talabalar bajarishlari majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi, talabalarning o’qish sharoitlarini yaxshilashga va ularni o’z vaqtida stipendiya bilan ta’minlab turishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Rektor Oliy ta’lim muassasasiga rahbarlik qilishda o’z huzurida tuzilgan ilmiy kengash, o’rinbosarlari-prorektorlar, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari faoliyatlariga tayanadi.

Prorektor – so’zi “pro” – birga va “rector” so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, birga boshqarish ma’nosini bildiradi. Oliy ta’lim muassasalarida prorektorlar, asosan, quyidagi masalalar bo’yicha faoliyat ko’rsatadilar: ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’yicha prorektor; o’quv ishlari bo’yicha prorektor; ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo’yicha prorektor; iqtisod va tadbirkorlik ishlari bo’yicha prorektor.

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar bo’yicha Oliy ta’lim muassasasi tarkibida fakultetlar tashkil etiladi. Fakultetda, odatda, bakalavriatning bir nechta ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv-tarbiya jarayoni tashkil etilishi mumkin.

Fakultet – lotincha “fakultas” so’zidan olingan bo’lib, Oliy ta’lim muassasasining o’quv-ilmiy va ma’muriy bo’linmasi ma’nosini bildiradi. Fakultetni dekan boshqaradi. Fakultetda uning yo’nalishiga qarab bir nechta kafedralar faoliyat ko’rsatishlari mumkin.

Dekan – (lot.decanus – o’nboshi; qadimgi Rim qo’shinida o’nta askarning boshlig’i) Oliy ta’lim muassasasida fakultetning o’quv, ilmiy va tarbiyaviy ishlari rahbari. Fakultet dekanining ma’naviyat va ma’rifat  masalalari hamda o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosarlari bo’ladi. Dekanning idorasi dekanat deb ataladi. Dekanat oliy ta’lim muassasasining talabalar bilan ishlaydigan asosiy bo’linmasidir.

Kafedra (yunoncha kafedra – stul, o’rindiq) – 1) minbar, unga ko’tarilib oldida chiqish qilinadi;  2) oliy ta’lim dasturidagi o’zaro bog’liq fanlarni o’qitish va shu soha bo’yicha ilmiy va ilmiy-uslubiy tadqiqotlar o’tkazuvchi bo’linma. Kafedralar umumta’lim, umumkasbiy yoki ixtisoslik yo’nalishlari bo’yicha tashkil etiladi.

Kafedra oliy ta’lim muassasasining boshlang’ich va asosiy o’quv-ilmiy markazidir. Kafedrani uning mudiri boshqaradi.

Professor (lot.professor – murabbiy) – tegishli ilmiy unvonli, oliy ta’lim muassasasida asosiy nazariy mashg’ulotlar (leksiyalar)ni olib boruvchi hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiluvchi yuqori malakali o’qituvchi.

Dotsent (lot. docens – o’qitayotgan)  – tegishli ilmiy unvonli, fanlar bo’yicha nazariy va amaliy darslar, ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi yetakchi o’qituvchi

Katta o’qituvchi – ko’p yillik ilmiy-pedagogik ish tajribasiga ega bo’lgan, odatda, ilmiy darajasi bo’lmagan o’qituvchi.

Kurator – lot. “curator” so’zidan olingan bo’lib, biror ish, biror shaxs, biror narsa ustidan nazorat olib borish, topshirilgan homiy oliy ta’lim muassasasida guruh murabbiysi talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni olib boradi, yakkama-yakka suhbatlar o’tkazadi, hayotiy maslahatlar beradi, zarur bo’lgan hollarda talabalar ota-onalari bilan bog’lanadi, o’z faoliyati to’g’risida dekanatga muntazam ravishda hisobot beradi.

O’qitish muddati – talabalar tomonidan o’quv reja va dastur o’zlashtirilishi uchun belgilangan me’yoriy muddatdir. Bakalavriat uchun bu kamida 4 yil, magistratura uchun kamida 2 yil. O’quv jarayoni o’quv yillari bo’yicha amalga oshiriladi.

O’quv semestri – oliy o’quv muassasasida o’quv yilining yarmini tashkil etuvchi, o’zaro bog’liq fanlarning ma’lum majmuini o’zlashtirishga mo’ljallangan va ular bo’yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi.

Dars jadvali – oliy ta’lim muassasasida har o’quv semestri bo’yicha  o’quv  haftasida (olti kunlik) muayyan fandan o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish ketma-ketligini belgilaydigan me’yoriy hujjat. Dars jadvali, odatda, fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi.

Leksiya(ma’ruza) – o’qish, o’qituvchining ijodiy tavsifidagi auditoriyada o’quv rejasi bo’yicha o’tkaziladigan nazariy dars mashg’ulotidir. Zarur hollarda o’qituvchi tegishli mavzu bo’yicha darsdan oldin qo’shimcha materiallar tarqatishi mumkin.
Laboratoriya ishlari yoki Amaliy mashg’ulot- nazariy bilimlarni chuqur  o’zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan auditoriyadagi o’quv mashg’ulotlaridir.

Seminar (lot.  Seminarium – ko’chirib o’tkazish)- talabalarni mustaqil fikrlash va ijodiy mehnatga tayyorlash uchun mo’ljallangan, ularning fan bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilgan auditoriya o’quv mashg’ulotlarining turi.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning haftalik o’quv yuklamasi 54 soatni tashkil qiladi. Bulardan 32 soati-auditoriya  mashg’ulotlari, 22 soati auditoriyadan tashqari mustaqil ish. Mustaqil ish-nazariy o’qitishni mustaqil tarzda tashkil  qilish shakli. Bunda  talabalar o’quv va ilmiy adabiyotlar  bilan  ishlaydi,shu jumladan, internet  vositasida  o’z sohasi bo’yicha  korxonalarda,  ilmiy  muassasalarda, laboratoriyalarda bilim  va ko’nikmalarni  mustaqil ravishda  oshiradi. Ta’lim  dasturining ma’lum  bir qismi  tugallangach,odatda, bahorgi semestr  yakunida  malakaviy  amaliyot o’tkaziladi.

Malakaviy amaliyot – o’quv jarayonining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy  ko’nikmalar  hosil  qilish uchun o’tkaziladi. Malakaviy amaliyot natijalari  bo’yicha  talaba hisobot yozadi  va uni maxsus  komissiyada  himoya qiladi. Har bir oliy ta’lim muassasasi o’zining  kutubxonasiga ega.

ARM –darslik va boshqa o’quv  adabiyotlaridan  jamoatchilik foydalanishini tashkil etuvchi  madaniy–ma’rifiy va axborot markazi. Kutubxona xizmatlaridan  oliy  ta’lim muassasasida o’qiyotgan  barcha talabalar  foydalanish huquqiga ega.O’qish jarayonida  har bir talaba o’ziga zarur  bo’lgan  o’quv adabiyotlarni  belgilangan ma’lum muddatga  olishi mumkin.

Talabalar turar joyi –ta’lim olish  davrida boshqa viloyatlardan  kelgan  talabalarni  vaqtinchalik  yashash joyi bilan  ta’minlaydi. Talabalar turar joyidan  joy olish uchun  fakultet  dekani nomiga ariza yoziladi. Mazkur ariza  o’rnatilgan  tartibda  ko’rib chiqilgach, talabaga yashash joyi beriladi.Talabalar turar joyida yashovchilar uchun  zaruriy shart-sharoitlar  yaratiladi.

Talabalar turar joyida  ichki tartib-qoida mavjud  bo’lib, unga barcha talabalar rioya qilishi lozim. Ichki  tartib –  qoidaga  zid faoliyat olib borgan talaba  tegishli tartibda talabalar turar joyi ma’muriyati tomonidan  ogoxlantiriladi. Agarda bu natija bermasa, yashash joyidan mahrum qilinadi.

Stipendiya (lot. Stihendium – to’lov, maosh) –davlat oliy ta’lim muassasasining  kunduzgi bo’limida  yaxshi baholar bilan o’qiyotgan talabalarga muntazam (har oyda ) to’lab boriladigan pul. Stipendiyalar miqdori va to’lash tartibi tegishli nizom orqali belgilanadi.

 

O’TISH BALLARI

FANLAR RO’YHATI

HUJJATLAR TO’PLAMI

TO’LDIRISH NAMUNALARI

HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN FUQAROLARNING IMTIYOZLARI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori to‘g‘risida

Ma’lumki, “fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o‘tashi samaradorligini oshirishning moddiy, axloqiy va ma’naviy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish zarurligini hisobga olib; harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‘batlantirishning ahamiyatini, ularning o‘qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e’tiborga olib”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qarorlari qabul qilingan.

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chor-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 31 maydagi PQ–1765-son qarori shular jumlasidandir.27eb4a3d-e437-cfad-e34e-124248a8e791O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarorida 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda, test sinovlari yakunlariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarga 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘lishi belgilangan.b61c84e2-cfc1-e17c-c159-48881fe44b86Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori ijrosi to‘g‘risida» 2017 yil 7 apreldagi 194-son buyrug‘i qabul qilingan. Buyruqda oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga mazkur qarorni ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va yoritish, qabul komissiyasiga hujjat topshiruvchi abituriyentlarni mazkur qaror bilan tanishtirish vazifalari yuklatilgan.

Manba: edu.uz

 

O’TISH BALLARI

FANLAR RO’YHATI

HUJJATLAR TO’PLAMI

TO’LDIRISH NAMUNALARI

HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN FUQAROLARNING IMTIYOZLARI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori to‘g‘risida

Ma’lumki, “fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o‘tashi samaradorligini oshirishning moddiy, axloqiy va ma’naviy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish zarurligini hisobga olib; harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‘batlantirishning ahamiyatini, ularning o‘qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e’tiborga olib”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qarorlari qabul qilingan.

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chor-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 31 maydagi PQ–1765-son qarori shular jumlasidandir.27eb4a3d-e437-cfad-e34e-124248a8e791O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarorida 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda, test sinovlari yakunlariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarga 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘lishi belgilangan.b61c84e2-cfc1-e17c-c159-48881fe44b86Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori ijrosi to‘g‘risida» 2017 yil 7 apreldagi 194-son buyrug‘i qabul qilingan. Buyruqda oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga mazkur qarorni ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va yoritish, qabul komissiyasiga hujjat topshiruvchi abituriyentlarni mazkur qaror bilan tanishtirish vazifalari yuklatilgan.

Manba: edu.uz

 

O’TISH BALLARI

FANLAR RO’YHATI

HUJJATLAR TO’PLAMI

TO’LDIRISH NAMUNALARI

HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN FUQAROLARNING IMTIYOZLARI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori to‘g‘risida

Ma’lumki, “fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o‘tashi samaradorligini oshirishning moddiy, axloqiy va ma’naviy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish zarurligini hisobga olib; harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‘batlantirishning ahamiyatini, ularning o‘qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e’tiborga olib”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qarorlari qabul qilingan.

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chor-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 31 maydagi PQ–1765-son qarori shular jumlasidandir.27eb4a3d-e437-cfad-e34e-124248a8e791O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarorida 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda, test sinovlari yakunlariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarga 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘lishi belgilangan.b61c84e2-cfc1-e17c-c159-48881fe44b86Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori ijrosi to‘g‘risida» 2017 yil 7 apreldagi 194-son buyrug‘i qabul qilingan. Buyruqda oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga mazkur qarorni ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va yoritish, qabul komissiyasiga hujjat topshiruvchi abituriyentlarni mazkur qaror bilan tanishtirish vazifalari yuklatilgan.

Manba: edu.uz

 

[:en]

 

BAHOLASH TIZIMI

TALABANING LUG’ATI

DAVLAT RAMZLARI

ISHGA JOYLASHISH

STIPENDIYA NARXLARI 

KUTUBXONAGA A’ZOLIK

DAVLAT STIPENDIALARI

TALABALAR HAQIDA NIZOM

[:uz]

 

BAHOLASH TIZIMI

TALABANING LUG’ATI

DAVLAT RAMZLARI

ISHGA JOYLASHISH

STIPENDIYA NARXLARI 

KUTUBXONAGA A’ZOLIK

DAVLAT STIPENDIALARI

TALABALAR HAQIDA NIZOM

[:ru]

BAHOLASH TIZIMI

TALABANING LUG’ATI

DAVLAT RAMZLARI

ISHGA JOYLASHISH

STIPENDIYA NARXLARI 

KUTUBXONAGA A’ZOLIK

DAVLAT STIPENDIALARI

TALABALAR HAQIDA NIZOM

[:]

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida

NIZOM

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi.

I. Umumiy qoidalar

1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

b) talabalar bilimi, ko’nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;

v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;

g) talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;

ye) talabalarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;

j) o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.

3. Fanlar bo’yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi

4. Nazorat turlari, uni o’tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasining (fakultet) o’quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o’quv dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko’rsatiladi.

5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.

6. Talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:

joriy nazorat — talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarida og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;

oraliq nazorat — semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko’p o’tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

yakuniy nazorat — semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan «Yozma ish» (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun «Yozma ish» yoki OTKS (obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida o’tkaziladi.

Ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakultet Ilmiy kengashi qarori asosida ko’pi bilan 40% fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og’zaki, test va hokazo) o’tkazilishi mumkin.

7. Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.

8. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.

III. Baholash tartibi va mezonlari

10. Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

11. Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.

Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:

yakuniy nazoratga — 30 ball;

joriy va oraliq nazoratlarga — 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).

13. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo’yicha yakuniy davlat attestasiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertasiyasi bo’yicha o’zlashtirish darajasi — 100 ballik tizimda baholanadi.

14. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o’rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:

a) 86 — 100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

xulosa va qaror qabul qilish;

ijodiy fikrlay olish;

mustaqil mushohada yurita olish;

olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega bo’lish.

b) 71 — 85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

mustaqil mushohada yurita olish;

olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega bo’lish.

v) 55 — 70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega bo’lish.

g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0 — 54 ball bilan baholanishi mumkin:

aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;

bilmaslik.

15. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo’yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e’lon qilinadi.

16. Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar bo’yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

17. Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

18. Talabaning fan bo’yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

           Rf = V x OI , bu yerda:
100

V — semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);

OI — fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).

19. Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha 55 va undan yuqori ballni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan bo’yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi ballni to’plagan talabalar ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.

20. Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.

IV. Nazorat turlarini o’tkazish muddati

21. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.

22. Talaba fan bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo’yicha to’plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.

23. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.

Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi.

24. Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha to’plangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plangan ballari yig’indisi 55 balldan kam bo’lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida semestr yakunida fan bo’yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarining har biri bo’yicha saralash ballidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o’zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

25. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.

26. Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o’quv bo’limi hamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.

V. Reyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi

27. Talabaning fan bo’yicha nazorat turlarida to’plagan ballari semestr yakunida reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining «O’quv rejasida ajratilgan soat» ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklama soatlari, «Fandan olingan baho» ustuniga esa 100 ballik tizimdagi o’zlashtirishi qo’yiladi.

Talabaning saralash balidan past bo’lgan o’zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi.

28. Har bir fan bo’yicha o’tkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh jurnali hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning o’zida (nazorat turi yozma ish shaklida o’tkazilgan bo’lsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e’tiboriga yetkaziladi.

29. Yakuniy nazorat natijalariga ko’ra fan o’qituvchisi talabalarning fan bo’yicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli qismini to’ldiradi.

30. Talabaning reytingi uning bilimi, ko’nikmasi va malakalari darajasini belgilaydi. Talabaning semestr (kurs) bo’yicha umumiy reytingi barcha fanlardan to’plangan reyting ballari yig’indisi orqali aniqlanadi.

31. Talabalar umumiy reytingi har bir semestr va o’quv yili yakunlangandan so’ng e’lon qilinadi.

32. Diplom ilovasi yoki akademik ma’lumotnomani dekanat tomonidan rasmiylashtirishda fan bir necha semestr davom etgan bo’lsa, reytinglar yig’indisi olinadi.

Talabaga imtiyozli diplom belgilashda uning har bir semestr yakunidagi fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi hisobga olinadi.

33. Talabalarning nazorat turlari bo’yicha erishgan natijalari kafedralar, dekanatlar va o’quv-metodik bo’linmalarda kompyuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib boriladi.

34. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig’ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.

VI. Yakuniy qoidalar

35. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test baholari va reyting ballarining xolisligini tekshirishni tashkil etadi va nazorat qiladi.

36. Ushbu Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.

37. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, «O’zbekiston temir yo’llari» DAK, Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan.

SHARTNOMA №_______________

Termiz Davlat universiteti rektor _____________________________________

                                                   (familiyasi, ismi,va otasining ismi, to’liq)

 Bilan quyidagilar to’g’risida mazkur mehnat shartnoasini tuzdilar.

1.Rektor universitet (fakultet) ilmiy kengashining tavsiyasiga binoan  _____________

(familiyasi,

___________ ni 20___y  «____»_______________dan «___»____________gacha

Ismi)

_____________________________lavozimiga qabul qiladi.

(lavozim nomi)

2._______________________________lavozim bo’yicha mehnat shartnomasida ko’zda tutilgan shartlarga O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, Vazirliklar normaviy hujjatlariga, universite Ustaviga, Universitetning ichki-tartib qoidalariga, rektorning buyrug’iga asosan ish bajaradi.

2.1.         Ish joyi ______________________________________________________

2.2.         Ishni boshlagan kun «____»_________________20____yil.

2.3.         Mehnat haqi _________________________________________________

(turi, miqdori toki YaTS bo’yicha razriyad va hokazo)

2.4.         Boshqa to’lovlar  ______________________________________________

(mukofot, ustama haq va boshqalar)

2.5.         Ish vaqti tartibi ________________________________________________

3. ________________________________ga har yili _______________________ish kunidan iborat mehnat ta’tili beriladi.

4.________________________________ mazkur mehnat shartnomasi davomida barcha turdagi davlat ijtimoiy sug’urtasi muhofazasida bo’ladi.

5._____________________________sifatida ______________________________

(lavozim nomi)                                                                    (familiyasi, ismi)

Ushbu shartnomani amal qiladigan muddat davomida quyidagilarni ta’minlashi shart.

(Pedagogik uslubiy tarbiyaviy va boshqa ishlarning muddati va hajmi ko’rsatiladi).

5.1.       _____________________________________________________________

5.2.       _____________________________________________________________

5.3.       _____________________________________________________________

5.4.       ____________________________________________________________

5.5.       _____________________________________________________________

6.O’quv yurtining majburiyati

6.1.       _________________________________ga o’quv yurtining tajriba xonalari, darsxonalari, qiroatxona, Kutibxona o’quv-ilmiy muassasalari xizmatidan foydalanishni ta’minlash.

6.2.       O’quv jarayoning  yuqori sifatliligini ta’minlash va O’quv jarayoni o’quv vositalari bilan ta’minlash.

6.3.       Zarur o’quv texnik vasitalar, ilmiy va o’quv adabiyotlar bilan ta’minlash:

6.4.       O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’rsatilgan boshqa majburiyatlar.

 

7.Taraflarning qo’shimcha majburiyatlari.

a)Xodim shartnoma muddati davomida ____________________________________

____________________________________________majburiyatni oladi.

b)Ish beruvchi shartnoma muddati davomida _______________________________

____________________________________________ majburiyatni oladi.

8.Shartnomaning boshqa shartlari ________________________________________ ___________________________________________________________________

9.Mehnat shartnomasi O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunlarida va boshqa normativ hujjatlarda ko’zda tutilgan asoslar bo’yicha bekor qilinadi.

10.Mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda qonunchilikda belgilangan tartibda to’lovlar to’lanadi.

11.Taraflar o’rtasida yuzaga kelgan nizolar amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda hal etiladi.

12.Xodim va ish beruvchi qonun, universitetning loqal hujjatlari va mazkur shartnoma har birining zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishadi.

Bajarmaganligi yoki ko’ngildagidek bajarmaganligi uchun xodim ish beruvchi qonunga muvofiq javobgar bo’ladi.

13.Shartnomada belgilangan mas’uliyat:

a)Ish beruvchiniki_____________________________________________________

___________________________________________________________________

b)Xodimniki _________________________________________________________

___________________________________________________________________

14.Mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ya’ni 20____yil «______»______da O’zR MK. 105 moddasi 1-qism bo’yicha bekor qilinadi va bo’shagan joyga tegishli tartibda tanlov e’lon qilinadi.

15.Shartnoma imzolar qo’yilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

16.Shartnoma ikki nusxada tuziladi va saqlash uchun tomonlarga beriladi.

 Tomonlarning manzili va imzolari

Xodim

_____________________

_____________________

_____________________

 

Ish beruvchi

Rektor ____________________

______________________

(imzo, muhr)

20___ yil «____»____________________

[:en]1439814676 1439814678

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1439814685

1439814694

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1439814688

1439814681

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 [:uz]14398146761439814678

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1439814681

1439814688

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1439814694

1439814685

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 [:ru]14398146761439814678

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1439814694

1439814688

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1439814681

1439814685

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 [:]

[:en]14398142981439814301

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1439814308

1439814305

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

14398143121439814315[:uz]14398142981439814301

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1439814308

1439814305

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

14398143121439814315[:ru]1439814298 1439814301

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1439814308

1439814305

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1439814312 1439814315[:]