Termiz davlat universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Ro’ziyev, Termiz davlat universiteti Boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi Z.Nurova, Chet tillari fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Ro’zimurodova, Jismoniy madaniyat fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi X.Berdiyeva, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi R.Sobitova, Pedagogika fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi B.Karimova, Tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Mamarajabova, hakamlar hay’ati a’zolari, universitet prof-o’qituvchilari va 400 nafar talabalar
Tellebellashuvda ishtirok etadigan eng uddaburon, orasta, pazanda, zukko qizlar o’z qobiliyatlarini namoyish etish uchun sahnaga ishtirokchi sifatida taklif etildi. Tellebellashuv ishtirokchilarini boshlovchi tanishtirib o’tdi.
Tellebellashuvni ochib berish uchun so’z Universitet Boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi Z.Nurovaga berildi. Telebellashuv ishtirokchilarini tabriklab, ularning ishlariga omad tilagan holda Termiz davlat universitetida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya hamda talaba yoshlarning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanib tashkil etayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida fikr bildirib o’tdi.
Ushbu belashuv talaba-qizlarni epchillik, chaqqonlik, zukkolik, ma’naviy qadriyatlarga munosib voris bo’lib kamol topishlarini yana bir marta sinovdan o’tkazish, “Balli, qizlar” ko’rik-tanlovi an’anaviy tarzda muntazam ravishda universitet talaba qizlari orasida har tomonlama kelajak hayotga tayyorlash maqsadida o’tkaziladigan yoshlar tanlovi ekanligi ta’kidlab o’tildi. Tanlovda universitetdagi Boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi ko’magida tanlab olingan sara qizlar ishtirok etishdi.
Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini adolatli baholash uchun hakamlar hay’ati tarkibi quyidagicha shakllantirildi.
Xakamlar hay’ati a’zolari:
Nurova Zamira TerDU Boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi
Muqimova Feruza Texnika fakulteti o’qituvchisi
Alimatova Gulnora – Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti o’qituvchisi
Sohibova Matluba – YOshlar markazi xodimi
Ishtirokchilarning chiqish ketma-ketligini ko’rik-tanlov avvalida qur’a tashlash yo’li bilan aniqlandi hamda baholash varag’ida faqat tartib raqami ko’rsatilishi mumkinligi e’lon qilindi.
Tanlovda ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bahslashdilar:
1-shart. Vatanga ta’rif (erishgan yutuqlariga, orzu-istaklariga) 5-7 daqiqa. Hakamlar hay’ati esa bunda talablarning shartni qay tarzda bajarishlariga, ishtirokchilar nutqining ma’no-mazmuniga, notiqligiga e’tibor qaratdilar. Har bir ishtirokchi shartni bajarishi uchun 5-8 daqiqa vaqt berildi. SHart 5 ballik mezonda baholandi. 2-shart. Epli qiz – sepli qiz. Ushbu shart 2 bosqichni o’z ichiga olib ular quyidagilar
2.1. Do’ppiga bezak berish. 10-15 daqiqa
Belgilangan vaqt 10-15 daqiqa tashkil etdi.
Do’ppiga bezak berishda turli bezakli toshlardan, krujavalardan foydalanishdi. Xakamlar hay’ati ishtirokchilarni bajargan ishlarini va vaqt me’yori va sifatiga baho berishdi.
Hakamlar hay’ati qizlarning estetik didiga, orastaligiga, badiiy mahoratiga qarab baholadilar. Belgilangan vaqtdan chiqish kuzatilsa, hakamlar hay’ati tomonidan 2 ballgacha ball olib tashlanishi oldindan e’lon qilindi. Xar bir shart 5 ballik mezonda baholanadi.
2-shartning 2-bosqichida talaba-qizlarning oshxona ishlarini qay darajada o’zlashtirganliklari sinab ko’rildi. Bunda sabzi to’g’rash jarayonida archish sifati, to’g’rash tezligi, to’g’ralgan sabzining bir tekisligi, vaqtdan unumli foydalanish me’yorlari bo’yicha baholandi. Ishtirokchilarning barchalariga bir xil og’irlikda sabzi berildi. Vaqt 3-5 daqiqaTelebelashshuvning 3-sharti “Milliy qadriyatlar – bebaho meros” mavzusida bo’lib, bunda ishtirokchilar momomeros qadriyatlarimizdan bo’lgan “Alla”ni aytishlari, bolani beshikka belash va shu jarayonda ma’naviy qadriyatlarimizdan unumli foydalanishlari shart. Ya’ni, qadimda momolarimiz bolani beshikka belayotganda qanday udumlardan foydalangan.
Hakamlar ushbu shartni baholashda ishtirokchi qizlarning zukkoligi, qobiliyati, badiiy mahoratiga, milliy qadriyatlarimizni qay darajada bilishlariga umumiy baho berishdi. Bunda vaqt reglamenti cheklanmagan, muhimi yaxshi ijro etilishida. Shart 5 ballik mezonda baholandi.4-shart Erkin mavzu. Bunda ishtirokchi qizlar o’z iqtidorlari, qiziqishlarini erkin tarzda 8-10 daqiqa davomida namoyish etadilar. Bu shartda ishtirokchilar qobiliyati va iqtidorlarini namoyish etishdi. Shart 5 ballik mezonda baholanadi. So’nggi shartimiz erkin mavzu deb nomlanadi. Bunda qizlarimiz turli yo’nalishlarda o’z qobiliyatlarini namoyish etdi.
Sahnaga telebellashuv ishtirokchisi bo’lgan talaba qizlar taklif etildi. G’oliblarni nominatsiyalar bo’yicha taqdirlash hakamlar hay’ati raisiga topshirildi.
Bellashuv ishtirokchi qizlar va Boshlang’ich xotin-qizlar tadbirda faol ishtirok etganliklari uchun Termiz davlat universiteti tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlandilar.