Har yerni qilmagin orzu…

Istiqlolga erishgach hayotimizning barcha sohalarini rivojlantirish, erkinlashtirish yuzasidan keng ko’lamda islohotlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlik, hususiy biznesga keng imkoniyat yaratilib, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda hamkorliklar yo’lga qo’yilgan. Ayniqsa, biz yoshlarga bo’lgan etibor juda ham yuksak darajada. Bizning bilim olib, kelajakda komil inson bo’lishimiz, hayotda o’z o’rnimizni topishimiz uchun barcha imkoniyatlr mavjud. Bizning vazifamiz esa mana shu imkoniyatlardan oqilona foydalanishdir.

         “Har yerni qilmagin orzu, har yerda bor toshu tarozi”, –deydi xalqimiz. Xorijga borib, mo’may  topish istagidagi yoshlar afsuski hozir ham ko’pchilikni tashkil etadi. Moddiy boylik ortidan quvib, manaviy qashshoq, ruhiy, jismoniy nosog’lom bo’lib qaytib kelayotgan odamlarni ko’rib ham o’ziga kerakli xulosalarni chiqarmay odam savdosi qurboniga aylanishmoqda. Men har doim piyoda, barchani kuzatib  yurishni xush ko’raman. Xuddi shunday kunlarning birida to’saddan yoshlari chamachi 11-12 yoshlardagi yigit va qizning suhbatini eshitib qoldim. Boshida suhbatiga unchalik etibor bermadim. Ammo, suhbat borgan sari qizib borardi. Ularning suhbatini eshitish uchun sekin yura boshladim. Qizcha yigitga: “Yaxshi o’qisang bo’lmaydimi? Sen o’g’il bolasan, katta bo’lganingda ota-onang, oilangga qarashing kerak” deyayotgandi. Shunda yigit “Maktabni bitirib, chet elga akamni oldiga ishlashga ketaman. U yerda diplom so’ramaydi” deb javob berdi. Qiz esa: “Baribir o’qishing kerak, chet elga borib butun umr ishlamaysanku? Yaxshi o’qib, oliy malumotli bo’lib shu yerda, oilangni bag’rida yashasang, shu yaxshi emasmi?” deb, bolaga xato o’ylayotganini tushuntirishga harakat qilardi. Yoshlari teng, lekin dunyoqarashlari turlicha bo’lgan bolalar suhbati hozirgi kunda tobora dolzarblashib borayotgan muammolardan biridir.

                           Mo’may daromad – xom hayol, bilsang,

                          Aldovlarga uchmassan – gar hushyor bo’lsang.

      Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga qarata aytgan daxldorlik sari davatini har bir talim muassasaga, eng gavjum jamoat jaylarga ko’rinarla qilib bitib qo’yish lozim, deb o’ylayman.

       “Ey bolam, sening Vataning bitta-barchamizga aziz, betakror mana shu O’zbekiston. Ota-bobolaring xoki shu yerda yotibdi. Shu muqaddas zamin seni dunyoga keltirgan, sen uni obod etishing, himoya qilishing shart. Nafaqat sening hayoting, balki, senga umid ko’zini   ota–onang, opa-singillaring, yosh go’daklar, nuroniy otaxonlarimizning hayoti ham ana shu burchingni nechog’liq ado etishingga bog’liq”.

    Darhaqiqat, yigit kishi oilamiz tayanchi, vatanimiz himoyachisi, posboni hisoblanadi. O’zbekistonday erkin, ozod va obod diyorni hech qayerdan topolmaymiz.

Termiz davlat universiteti

pedagogika fakulteti 1-bosqich talabasi

Inobat Karimova