Ekalogik madaniyatni

Home / TALABALAR IJODIDAN / Ekalogik madaniyatni

EKALOGIK MADANIYATNI YUKSALTIRISH

“Insoniyatning  ustozi – Ona tabiatdir.

Tabiat uni izlaganlariga xazinalarini ochadi,

ko’z quvonchi, aql nuri va qalb pokligini baxsh etadi”

Alfred. B. Strit

Biz yashab turgan tevarak atrof, uyimiz, ish, o’qish joyimiz hamma-hammasi  mehribonligi, saxiyligi jihatidan  Onamizga qiyoslangan tabiatning bir bo’lagi hisoblanadi.

Haqiqatan, tabiatimiz juda sahiy, qo’li ochiq. U bizdan shuncha bergan ne’matlari evaziga hech narsa talab qilmaydi, ammo biz unga nisbatan ko’rsatayotgan ziyonlarimiz chegarasidan oshib ketsa, tabiat bizdan albatta o’chini oladi. Obodlik ko’ngildan boshlanadi. Shuning uchun tabiatga muhabbatni yoshlikdan shakllantirish zarur.

Bolalik inson hayotining eng muhim va ajralmas davri bo’lib, bu davrda bolalar ko’proq tabiat qo’ynida bo’lishni, tengdoshlari bilan turli o’yinlar o’ynashni hush ko’radilar va shular orqali tevarak-atrofdagi voqealar bilan tanishib boradilar. Tabiatdagi hamma narsa yosh bolalar uchun ajoyib topishmoqday ko’rinadi va yosh bolalar hamisha mana shu topishmoqning javobini topishga, anglashga harakat qilishadi. Ushbu savolga javob topish uchun, shu jarayonda bolalar tabiat bilan o’zlari bilmagan holatda turli munosabatda bo’ladilar. Bunday vaziyatda ularga kattalar tomonidan to’g’ri yo’nalish berilmasa, ular o’zlari bilmagan holatda tabiatga  zarar yetkazib qo’yishlari yoki kelajakda ona tabiatga passiv munosabatda bo’lib qolishlari mumkin. Yosh avlodni yuqori, bilimli, odob-axloqli qilib tarbiyalash bilan birga o’zi yashab turgan o’lkaning tabiiy boyliklarini, o’simlik va hayvonot dunyosini ham yaxshi biluvchi hamda ona tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’luvchi kishilar qilib o’stirish juda muhim vazifalardan sanaladi. Shu sababli, bolalarga yoshligidan boshlab ularning o’zlari yashab turgan atrof-muhit, turli tabiat voqea-hodisalari, o’simlik va hayvonot dunyosi haqidagi ilk tushunchalarni sindirish zarur.  Chunki chin vatanparvarlik insonning o’zi yashab turgan joyiga muhabbatidan boshlandi.  Boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolalarda tabiatdagi har bir hodisaning go’zalligi va betakrorligini his qilish va boshdan kechirish, tafakkur qilish qobiliyati  va shu asnoda butun borliqni ko’z oldiga  keltirish, tabiatdagi o’simlik va jonivorlarni saqlab qolishga intilish hissi  tarbiyalab borilmas ekan bunday vaziyatlarda ular tabiatning eng  yaqin do’sti va himoyachisi bo’lib yetisholmay qoladilar, aksincha ularni vayron qiluvchi vayronkor shaxs bo’lib o’sishlari mumkin. Ona tabiatning yosh bola tuyg’ulariga va xulq atvoriga ta’siri juda kuchi bo’lib, ularda yoshlikdan  tabiatni tushunush, uning betakror go’zalligidan bahramand bo’lish, estetik his qilish ko’nikmalarini shakllantirib borish muhim ahamiyatga egadir.

Xususan, boshlang’ich ta’lim(1-4-sinf)da dars jarayonlarini tabiat bilan bog’lab, ko’roq tabiat qo’ynida olib borish maqsadga muvofiq deb o’ylayman. Tabiat darslarida o’qituvchi  O’zbekistoning tadiati haqida o’quvchilarga kim ko’p ma’lumot aytish topshirig’ini beradi.  O’quvchilar esa guruh-guruhlarga bo’linib o’z guruhlariga  vatanimiz  hududidagi daryolar, hayvonot, chollar, o’simlik  bog’lari, hayvonot qo’riqxonalari  nomlaridan nomlar tanlab olishadi va  bir-birlari bilan ma’lumot almashinadilar:

Masalan: “Chotqol” guruhi “Biz O’bekistondagi yirik qo’riqxonalardan birimiz. Qo’riqxonamiz Toshkentda 70 km sharqda joylashgan. Qo’riqxonamizda baliqlarning 5 turi, sudralib yuruvchilarning  9 turi,  qushlarning 100 dan ortiq turi. … v h k” deb o’zlarining guruhlariga ta’rif berishadi. Bu metod bilan o’quvchilarni tabiatga qiziqishni ancha orttirish mumkin.  Yoki bo’lmasa, sinfda o’simlik, qushlarning har xil turlarida jonli burchaklar yaratish mumkin. Sinf burchagida  oddiy toshlardan tog’, sharsharalarning  maketlarini yasash mumkin. Ushbu tog’chada noyob daraxtlarning maketlarini qoyish, ma’lum bir qismida kichkina ko’l yaratish mumkin, oddiy loydan hayvon maketlarini yasash mmkin. Eng  asosiysi bularni tashkil etishda o’quzchilarning sifatsiz bo’lsa ham ko’rimsiz bo’lsa ham  o’z qo’llari bilan  yasagan ishlaridan foydalanish zarur deb o’ylayman.

Ana endi, o’qituvchi o’quvchilarga ushbu narsalardan to’g’ri foydalanish, o’simlik va hayvonot dunyosini ko’z qarachig’idek asrab avaylash, ularning hayoti, havo, suv, foydali qazilmalarining tarkibiy xossalari, kun, tun, oy, yil fasllarining almashtirish jarayonlarini bola ongiga tushunarli qilib sindirish zarur.  Yosh dolalar  eshitganidan ko’ra, ko’zi bilan ko’rsa ko’proq ma’lumot oladi. Dars jarayonlari har doyim shu tartibda olib borilsa, u ko’rgan voqea – hodisalariga nisbatan doimgidan ko’ra ko’proq tasavvur uyg’onadi. Xuddi shu vaqtdan boshlab bolalarda ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ulari kurtak yo’za boshlaydi va u endi uyidagi, yon atrofidagi har bir hayvon, qush, o’simlik, yer, havo, suvga, nisbatan ehtiyotkor bo’lish kerakligini asta-sekin tushunib boradi. Shu daqiqalardan boshlab u Ona vatanining kichik bir giyohini ham asrab-avaylashga harakat qiladi. Zero, yuragida o’zining mitti mushukchasiga, hovlisiga o’z qoli bilan qadagan kichik niholchasiga nisbatan avaylash, yaxshi ko’rish hissi bo’lgan boladan Ona vatanining tabiatiga ziyon etkazish tuyg’usi ancha yiroq bo’ladi !!!

Gulchehra Ergasheva

Ter DU   I bosqich talabasi

4 Comments

Comments are closed.