U KUNLAR YODI…

U KUNLAR YODI…

TALABALAR IJODIDAN
Ikki narsa qolur shaksiz abadiy, Botirning shavkati, dononing so’zi. A.Firdavsiy Ota-bobolarimiz yillar davomida o’z  ona yurtini e’zozlab kelganlar. Qolaversa, istiqlol sharofati bois biz tinch, obod va ozod jannatmonand yurtda yashash baxtiga muyassar bolganmiz. Bizning bu farovon hayotimiz zamirida esa necha-necha mard, jasur, vatanparvar insonlarning mehnati bor. Yurtimizning ana shunday jasoratli farzandlaridan biri Qiziriq tumani “Buyuk kelajak” mahallasida yashab o’tgan Xurram bobo Hakimovdir.                    Xurram bobo Hakimov 1938 yilda armiya xizmatiga chaqiriladi va 1941 yilgacha qurolli kuchlar safida xizmat qildi. Xizmatni o’tab bo’lib, ona – Vataniga qaytayotgan bir vaqtda Ikkinchi jahon urushi boshlanib qoldi. Xurram Hakimov ham bir guruh vohadoshlarimiz qatori jang maydoniga yuborildi. Stalingrad, Rostov, Don, Kiyev, Odessa, Bendera, Sevastopol, Nikolayev, Kishinev, Lugansk, Ruminiya, Donesk, Italiya, Yugoslaviya kabi bir qancha shahar va mamlakatlarda dushmanga qarshi jang qildi.                1943 yilda…
Read More
Hakim   Termiziy

Hakim Termiziy

TALABALAR IJODIDAN
Biz tug’ilib o’sgan ko’hna diyorimiz dunyoga ne-ne mutafakkirlarni, donishmandlarni, ma’naviyati buyuk komil insonlarni tarbiyalab berdi. Kamolotda yuksak shaxslardan Hofiz-ul Qur’on va olim, mashhur mutasavvuf, muhaddis Hakim Termiziy o’z davrida diniy va falsafiy bilimlarni chuqur egallab, dunyo hikmatlarini to’la o’zlashtirdi.Barcha insonlarni bu hikmatlardan bahramand etib, ezgulikka chorladi. Natijada “al-Hakim”, ya’ni “(borliqdagi) hikmatni egallagan zot” nomi bilan tanilganlar.            Manbalarga qaraganda u zotning onalari va bobolari ham hadis ilmining yetuk bilimdonlari bo’lishgan. Xulosa qilishimiz mumkinki, Hakim Termiziy ilm-ma’rifat yuksak o’rin egallagan xonadonda dunyoga kelib, tarbiya topgan, ulg’aygan.Shu asosda ul zotning ma’naviy dunyosi va ilmiy tafakkuri yuqori darajada shakllangan.              Fariduddin Attorning yozishicha, Hakim Termiziy ikki o’rtog’I bilan Bag’dodga borib ta’lim olishni niyat qilib yo’lga tushmoqchi bo’lganda, onasi betob bo’lib qoladi va o’g’liga: “Ey, o’g’lim! Men bir mushtipar,zaifa ayol bo’lsam, menga sendan bo’lak…
Read More
(ingliz tili)

(ingliz tili)

TALABALAR IJODIDAN
Boshlang’ch sinflarda xorijiy tillar (ingliz tili)ni o’qitishni yana mukammallashtirish Shuni unutmaslik kerakki kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha  aytganda xalqimizning ertagi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq” O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimov Mustaqillik yillarda xalq farovonligini oshirish va o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol bo’lib voyaga yetishlarini ta’minlash sohasida yurtimizda qisqa davrda ulkan ishlar  amalga oshirildi. Mamlakatimizda  ta’lim tizimda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar tufayli navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egalashi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Yurtimiz o’g’il-qizlarini barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilayotgan bunday ezgu say-harakatlar doirasida o’quvchilarni chuqurlashtiilgan tartibda  va innovatsion texnologiyalar asosida bilim olishlariga a’lohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda jahon hamjamiyatda o’ziga xos o’rin egalash uchun nafaqat o’zbek tili, balki xorijiy tillarni ham mukammal darajada o’rganish, o’rgatishni oldimizga katta…
Read More
Ekalogik madaniyatni

Ekalogik madaniyatni

TALABALAR IJODIDAN
EKALOGIK MADANIYATNI YUKSALTIRISH “Insoniyatning  ustozi – Ona tabiatdir. Tabiat uni izlaganlariga xazinalarini ochadi, ko’z quvonchi, aql nuri va qalb pokligini baxsh etadi” Alfred. B. Strit Biz yashab turgan tevarak atrof, uyimiz, ish, o’qish joyimiz hamma-hammasi  mehribonligi, saxiyligi jihatidan  Onamizga qiyoslangan tabiatning bir bo’lagi hisoblanadi. Haqiqatan, tabiatimiz juda sahiy, qo’li ochiq. U bizdan shuncha bergan ne’matlari evaziga hech narsa talab qilmaydi, ammo biz unga nisbatan ko’rsatayotgan ziyonlarimiz chegarasidan oshib ketsa, tabiat bizdan albatta o’chini oladi. Obodlik ko’ngildan boshlanadi. Shuning uchun tabiatga muhabbatni yoshlikdan shakllantirish zarur. Bolalik inson hayotining eng muhim va ajralmas davri bo’lib, bu davrda bolalar ko’proq tabiat qo’ynida bo’lishni, tengdoshlari bilan turli o’yinlar o’ynashni hush ko’radilar va shular orqali tevarak-atrofdagi voqealar bilan tanishib boradilar. Tabiatdagi hamma narsa yosh bolalar uchun ajoyib topishmoqday ko’rinadi va yosh bolalar hamisha mana shu…
Read More
Adabiyot-manaviyat xazinasi

Adabiyot-manaviyat xazinasi

TALABALAR IJODIDAN
Inson ma’naviyatini, ruhiyatining yuksalishida adabiyot muhim o’rin tutadi. Boshqa jonzotlardan farqli o’laroq, inson nafaqat moddiy ozuqaga, balki manaviy, ruhiy oziqqa ham muhtojdir. Biz iste’mol qiladigan oziq-ovqatlar jismimiz ehtiyojlarini qondirib, uni doimiy quvvatlantirib turadi. Ma’naviy oziqlanish esa ruhiy boyitib, ma’naviy qashshoqlashishdan asraydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida adabiyotning inson hayotidagi o’rni va ahamiyati haqida shunday deydi: “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo’lsa, so’z san’ati badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik, shoir va yozuvchilarni esa inson ruhining muhaddislari” deb ta’riflanishi bejiz emas albatta. Adabiyotga oshno bo’lgan insonlarni hech kuzatganmisiz yoki ular bilan suhbatda bo’lganmisiz? Adabiyotni sevgan, unga mehr qo’ygan  inson atrofdagilardan ajralib turadi. Ularning har bir gapida juda katta ma’no-mazmun, oddiy ko’z qarashlarida samimiylik, tashqi ko’rinishida ham ma’naviyatning, madaniyatning belgilari ko’rinib turadi.…
Read More
Non qadri

Non qadri

TALABALAR IJODIDAN
Non eng ulug’, eng aziz nemat. Biroq,  shunday tengi yo’q rizq -nasibani qadrlamaydigan insonlar ham oramizda uchrab turadi.          Bazan ko’cha-ko’yda, oshxona, mehmondorchilikda ayrim odamlar  ko’ra bila turib isrofgarchilikka yo’l qo’yishadi.  Oldiga qo’yilgan taomni, nonni oxirigacha yemay, go’yoki o’larini madaniyatli qilib ko’rsatishadi. Qolgan non, taomni undan keyin hech kim yemaydi. Ko’pincha otaxon va onaxonlarimiz  oshxona yoki choyxonalarda ovqatlanib bo’lishgandan so’ng qolgan non burdalarini o’zlari bilan olib ketishadi.          Ammo bu bag’oyat savob ishni tushunmasdan, o’sha otaxon-u onaxonlarimizni masxara qilib, ularning ustidan kulib, “xasis” deyuvchi yoshlar ham kam emas. yerda tushib yotgan non va non ushoqlarini ko’rgan keksalar darhol yerdan olib, ko’zlariga surtib, ehtiyot qilib  chekkaga olib qo’yadilar. Chunki, ular shu non ushog’ida inson mehnatining  qadr-qimmati, peshona teri-yu, yil bo’yi davom etuvchi zahmatlari borligini yaxshi biladilar.          Xalqimiz nonni eng ko’p…
Read More
Hayot haqiqati

Hayot haqiqati

TALABALAR IJODIDAN
Ba’zan biz nima istayotganimizni bilmay qolamiz. Hayotda maqsadsiz, o’z yo’lini to’g’ri tanlay olmaganlar qancha? Biz berilgan barcha savollarga javob topishga qiynalamiz. SHu o’rinda insonning barcha savollariga javobni o’zidan izlasa, o’zi istagan barcha ezgu narsalarga erishadi. Bu dunyoda to’siqlar, jarliklar ko’p. Barchasi o’z qo’limizda. Bunday vaziyatlar insonlarda bir narsa talab qilinadi faqat va faqat oldinga borishi, o’z kuchiga bo’lgan ishonchni yo’qotmasliklari lozim. Faylasuflarning hayot yo’lini kuzatsak, ularning darveshona hayot kechirganini ko’ramiz. Bu yo’l biz uchun anchinarli ko’rinishi mumkin, ammo ular uchun bu hayot jannatga tengdir. Kelinglar ularning hayot yo’li bilan tanishib, o’zimiz isatayotgan savollarga javob topaylik! Qadimgi yunon faylasufi Biant YUnonistondagi yetti yetakchi faylasufning biri edi. Biantning ona shahrini Kir lashkarlari tomonidan zabt etiladi. SHahar aholisi eng qimmatbaho buyumlarini olib qocha boshlaydi. Faqat Biantgina hech narsa olmay, bo’sh qo’l bilan shahardan…
Read More
Har yerni qilmagin orzu…

Har yerni qilmagin orzu…

TALABALAR IJODIDAN
Istiqlolga erishgach hayotimizning barcha sohalarini rivojlantirish, erkinlashtirish yuzasidan keng ko’lamda islohotlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlik, hususiy biznesga keng imkoniyat yaratilib, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda hamkorliklar yo’lga qo’yilgan. Ayniqsa, biz yoshlarga bo’lgan etibor juda ham yuksak darajada. Bizning bilim olib, kelajakda komil inson bo’lishimiz, hayotda o’z o’rnimizni topishimiz uchun barcha imkoniyatlr mavjud. Bizning vazifamiz esa mana shu imkoniyatlardan oqilona foydalanishdir.          “Har yerni qilmagin orzu, har yerda bor toshu tarozi”, –deydi xalqimiz. Xorijga borib, mo’may  topish istagidagi yoshlar afsuski hozir ham ko’pchilikni tashkil etadi. Moddiy boylik ortidan quvib, manaviy qashshoq, ruhiy, jismoniy nosog’lom bo’lib qaytib kelayotgan odamlarni ko’rib ham o’ziga kerakli xulosalarni chiqarmay odam savdosi qurboniga aylanishmoqda. Men har doim piyoda, barchani kuzatib  yurishni xush ko’raman. Xuddi shunday kunlarning birida to’saddan yoshlari chamachi 11-12 yoshlardagi yigit va qizning suhbatini…
Read More
Al Hakim at-Termiziy

Al Hakim at-Termiziy

TALABALAR IJODIDAN
AL HAKIM AT TERMIZIY ZIYORATGOHI Shayx Abdulfattoh Barakaning yozishicha Al Hakim at-Termiziy o’zidan keyin 400 dan ortiq qimmatli asar qoldirgan. Ulardan 57 tasi bizgacha yetib kelgan. Surxon zamini insoniyatning ilk beshigi, dunyo sivilizatsiyasining dastlabki bosqich makoni sifatida jahon uzra tan olingan voha hisoblanadi.Negaki, ilk inson ham shu yerdagi g’orlarda istiqomat qilgan. Shaharsozlikning, qurilish hamda arxitekturaning me’moriy obidalarning eng yorqin va dastlabki namunalari ham aynan mana shu zaminda bunyod etilgan. Bugun biz nafaqat mamlakatimiz tarixida balki, jahon madaniyati taraqqiyotidan darak beruvchi o’nlab tarixiy me’moriy obidalar orqali haqiqatan ham bu zamin yuksak madaniyat va ilm fan beshigi bo’lganligini anglab yetamiz. SHubhasiz, bu borada Surxon vohasining durdonasi deya haqli ravishda ta’riflanuvchi al Hakim at Termiziy maqbarasi, oddiy xalq tili bilan aytganda “Termiz ota” ziyoratgohi ana shunday xulosaga kelishga asos bo’ladi. Al Hakim at…
Read More
Tabobat gavhari

Tabobat gavhari

TALABALAR IJODIDAN
Kimyo fani boshqa fanlardan ajratilib turadigan sohalardan hisoblanadi. Ushbu  кimyo fani va tibbiyotning shakllanishida o’zbek olimlari A.A.Ibragimov, G’.Hamroqulov, M.A.Rahimjonov, M.Y.Isoqov, A.A.Nomozov, O.Qulimov, S.Masharipov, X.To’rayev va boshqa olimlar tomonidan amalga oshirilgan hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston Mustaqillikka erishgandan keyin 1997-yil o’zbek olimlari Ibrohim Asqarov, To’xtapo’lat Rizqiyevlar tomonidan asos solingan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisoligi kimyo fanlari tizimida kiritildi va bu soxada hozirgi kunda jahoning ko’plab mamlakatlarida tegishli tadqiqotlar olib borilmoqda. Fan olami taraqqiyotida shunday buyuk kishilar bo’ladiki ular xattoki umrini, fan ravnaqi uchun xizmat qiladi va megnat qiladi. Ana shunday insonlardan kimyo fanlari doktori, professor, xalq sevgan mohir tabib Ibrohim Asqarovdir. I.Asqarov Andijon viloyati Jalaquduq tumanida oddiy halol ishchi oilasida tug’ulgan. Otalari: R.Asqarov, onasi: M.Asqarovalardan chuqur tarbiyani oladilar. I.Asqarovning yoshlik kezlari fanlarni yaxshi…
Read More